Tel: +998 95 515 14 05

email: info@angrenkaolin.uz

Zavod xaqida

Boyitilgan kaolin olish bo‘yicha O‘rta Osiyoda yagona fabrika Toshkent tumani Angren shahrida joylashgan.

 

Korxona kaolinni ho‘l usul bilan boyitish uchun texnologik liniyaga ega, loyihani ishlab chiqish chog‘ida  kaolin ishlab chiqarish bo‘yicha jahon amaliyotining eng zamonaviy yutuqlari hisobga olingan.

Xom ashyoni yetkazib beruvchi birlamchi boyitilmagan kaolinning alohida qazib olinishini ta’minlaydi, bu esa korxonaga faqat sifatli boyitilgan kaolin ishlab chiqarish imkoniyatini beradi.

Yuqori sifat, texnologik ko‘rsatkichlarning barqarorligini texnologik jarayonning barcha doiralarida ekspress-tahlillar o‘tkazish uchun eng yangi sinov asboblari bilan jihozlangan fizik-kimyoviy laboratoriya asosidagi nazorat tizimi kafolatlaydi.

Boyitilgan kaolinni ishlab chiqarish va sotish borasida korxonamiz ISO 9001:2008 sifat menedjmenti tizimining muvofiqlik sertifikatiga ega.

“Angren Kaolin” MCHJ korxonasi quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi:

AKF- 78 kaolini, kaolin paxtasi, yuqori sifatli keramika, kabel, plastmassa, elektr texnikasi (izolatorlar), lok-bo‘yoq, parfumeriya mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo ko‘rinishida, shuningdek qog‘oz, koagulyantlar va sir ishlab chiqarishda to‘ldirgich sifatida ishlatiladi.

- Keramika mahsulotlari va chinni uchun AKS-30 kaolini. U sanitar-texnik keramika, devorlarni ichkaridan va tashqaridan qoplash uchun taxtachalar, o‘tga chidamli materiallar, keramikadan esdalik buyumlari va oq loy g‘ishtini ishlab chiqarishda xom ashyo ko‘rinishida ishlatiladi.

AKT-10 kaolini maishiy kimyoning tozalash vositalari, sun’iy qatron, yelim, rezina texnika mahsulotlari, kabel mahsulotlari va plastmassalarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

FOTOGRAFIYALAR